

“Al Ittihod” esa rahbariyatdagi eng keskin o'zgarishlarga duch kelmoqda, deb xabar berdi “The Touchline”.
Saudiya Arabistoni Sport vazirligi “Al Ittihod”, “Al Hilol”, “Al Nassr” va “Al Ahli” klublaridagi notijorat tashkilotlarga tegishli bo'lgan 25 foizlik akciyalar Davlat investiciya jamg'armasiga (PIF) o'tkazilishini tasdiqladi. Shuningdek, vazirlik mulk huquqini topshirish jarayoni doirasida ushbu notijorat tashkilotlar direktorlar kengashi tarqatib yuborilganini e'lon qildi.
O'tish rejasiga muvofiq, “Al Hilol”, “Al Nassr” va “Al Ahli” amaldagi direktorlar kengashini 90 kun davomida saqlab qoladi. Bu vaqtinchalik chora mamuriy barqarorlikni taminlash hamda klublarga rahbariyatni darhol almashtirmasdan, mulkchilik tuzilmasini qayta tashkil etishga imkon berish uchun ishlab chiqilgan.
Bundan faqat “Al Ittihod” mustasno bo'ldi. Fahd Sindining vakolat muddati tugadi va xuddi shunday vaqtinchalik muddatga uzaytirilmadi. Bu esa Jidda klubini qayta qurish jarayonida rahbariyati darhol almashgan yagona jamoaga aylantirdi.
Bu qadam PIF'ga ilgari notijorat tashkilotlarga tegishli bo'lgan ulushlarni to'liq nazorat qilish imkonini beradi va Saudiya Arabistonining to'rtta eng yirik klubini boshqarishda navbatdagi jiddiy o'zgarishni anglatadi. Biroq “Al Ittihod” uchun bu jarayon rahbariyatning tezda almashishi bilan kechgan bo'lsa, uning uch raqibida yaqin oylar davomida boshqaruv izchilligi saqlanib qoladi.



