Mareska Rodrining o'rniga o'rinbosar topib qo'ydi

7 avg 2026, 01:52
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Enco Mareska Rodri jamoani tark etgan taqdirda uning o'rnini Enco Fernandes bilan to'ldirishni istamoqda.

Avvalroq Rodri "Barselona" bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Agar ispaniyalik yarim himoyachi jamoani tark etsa, Mareska asosiy nomzod sifatida aynan Enco Fernandesni ko'rmoqda.

Mareska va argentinalik futbolchi avval "Chelsi"da birga ishlagan va italiyalik mutaxassis Enconing imkoniyatlarini yaxshi biladi.

Ayni paytda ushbu transferni amalga oshirish oson bo'lmaydi. Chunki "Chelsi" Enco Fernandesni jamoaning muhim futbolchilaridan biri deb hisoblaydi va uning transfer bahosini juda yuqori belgilagan.

Shu sababli "Manchester Siti" uchun ushbu transfer faqat Rodrining ketishi rasman tasdiqlanganidan keyingi asosiy vazifalardan biriga aylanishi mumkin.

O'xshash yangiliklar