Fakt. "Navbahor" 7 yildan buyon o'z maydonida "Nasaf"ga gol ura olmayapti

Iskandarov Abdulaziz
21 avg 2026, 13:40
Bugun Superliganing markaziy qarama-qarshiligiga guvoh bo'lamiz.

Timur Kapadze boshchiligidagi "Navbahor" "Nasaf"ni mehmon qiladi. Jamoalar shu kunga qadar Namanganda 28 marotaba to'qnash kelishgan. Bu o'yinlarda 9 bor mezbonlar, 5 bor "ajdarlar" g'alaba qozongan, 14 ta bahsda g'olib aniqlanmagan.

Qiziq fakt shuki, "lochinlar" oxirgi marotaba raqibini uyda 2017 yil taslim qilgan va so'nggi bor 2019 yil gol urishga muvaffaq bo'lgan.

Oxirgi 9 ta o'yinda qayd etilgan natijalar:

2025. "Navbahor" – "Nasaf" 0:0

2024. "Navbahor" – "Nasaf" 0:1

2023. "Navbahor" – "Nasaf" 0:1

2022. "Navbahor" – "Nasaf" 0:0

2021. "Navbahor" – "Nasaf" 0:0

2020. "Navbahor" – "Nasaf" 0:0

2019. "Navbahor" – "Nasaf" 1:1

2018. "Navbahor" – "Nasaf" 0:0

2017. "Navbahor" – "Nasaf" 1:0

Ma'lumot uchun, bugungi bellashuv soat 19:00 da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia