"Marca" tarqatgan xabar noto'g'ri bo'lib chiqdi

5 apr 2020, 22:43
Avvalroq ispan nashri ijara asosida "Selta"da o'ynayotgan "Lokomotiv" (Moskva) futbolchisi Fyodor Smolov karantin qoidalarini buzgani va unga nisbatan jazo choralari qo'llanishi mumkinligi haqida xabar bergandi.

"Marca" xabarida Rossiya terma jamoasi a'zosining Vigo klubidan beruhsat Moskvaga qaytgani bayon qilingan.

Rossiyalik jurnalist Vasiliy Konovning so'zlariga ko'ra, bu ma'lumotlar noto'g'ri. Futbolchi barcha narsani "Selta" rahbariyati bilan muhokama qilgan va klub unga Moskvaga yo'l olishi uchun ko'maklashgan. 

Ma'lumot uchun, 30 yoshli Smolov vigoliklar tarkibida 6 o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.

Ana xolos. "Selta" Smolovdan oldin Shomurodov bo'yicha aloqaga chiqqan ekan

O'xshash yangiliklar


Manba: Спорт-Экспресс