

Bu haqda talkSPORT xabar bermoqda.
Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, klub birinchi navbatda o'ng qanot himoyachisi va markaziy yarim himoyachi qidirmoqda.
Manchester Sitining asosiy transfer maqsadlari Nottingem Forest yarim himoyachisi Elliot Anderson hamda Chelsi a'zosi Enco Fernandes bo'lib turibdi. Shuningdek, shaharliklar Nyukaslning o'ng qanot himoyachisi Valentino Livramentoga ham qiziqish bildirishmoqda.
Eslatib o'tamiz, Mareska 2022/2023 yilgi mavsumda Xosep Gvardiolaga yordamchi sifatida faoliyat yuritgan. Italiyalik mutaxassisning so'nggi ish joyi Chelsi bo'lib, u londonliklarni 2024 yilning yozidan 2026 yilning yanvariga qadar boshqargan edi.



