"Chelsi" "Tottenxem"ni mag'lub etdi, "shporlar"ning taqdiri oxirgi turda hal bo'ladi

Aslanov Jasurbek
20 may 2026, 02:14
Angliya Premer-ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi 37-turidan o'rin olgan London derbisi yakunlandi.

"Stemford Brij" stadionida kechgan bahsda "Chelsi" hamda "Tottenxem" jamoalari o'zaro ro'baro kelishdi. Uchrashuvni Styuart Atvell boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bordi.
O'yindagi hisob 18-daqiqada mezbonlar yarim himoyachisi Enco Fernandes tomonidan ochildi. 67-daqiqaga kelib yana bir yarim himoyachi Andrey Santos "aristokratlar"ning ustunligini mustahkamladi. Mehmonlar hujumchisi Risharlison 74-daqiqada oradagi farqni qisqartirishga muvaffaq bo'ldi, biroq uchrashuvning qolgan qismida darvozalar boshqa ishg'ol etilmadi - 2:1.

“Chelsi” - “Tottenxem” 2:1

Gollar: Enco Fernandes 18, Santos 67 - Risharlison 74.

Ushbu g'alabadan so'ng "Chelsi" 37 o'yindan keyin 52 ochko jamg'arib, turnir jadvalida 8-o'rinni egallab turibdi. "Tottenxem" esa 38 ochko bilan hamon xavfli zona yaqinida - 17-pog'onada bormoqda. Ange Postekoglu jamoasini quyi ligaga tushib ketish hududidan atigi 2 ochko ajratib turibdi.
Navbatdagi turda "Chelsi" safarda "Sanderlend" mehmoni bo'lsa, "Tottenxem" o'z maydonida "Everton"ni qabul qiladi. APLning so'nggi 38-tur bahslari 24 may kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia