"Arsenal" La Liganing eng iqtidorli futbolchilaridan biriga ko'z tikdi

Sherzod Nurmatov
13 apr 2026, 13:10
"Arsenal" "Selta" himoyachisi Oskar Mingesaga da'vogarlik qilmoqda.

"The Mirror" ma'lumotlariga qaraganda, London klubi "Selta"ning 26 yoshli himoyachisini "Emireyts"ga jalb qilmoqchi.

Mingesaning "Selta" bilan shartnomasi shu yozda tugaydi va "Arsenal" uni yangi shartnoma imzolamaslikka ko'ndirishga umid qilmoqda, bu esa "kanonirlar"ga markaziy himoyachini transfer to'lovisiz qo'lga kiritishga imkon beradi.

1.jpg

Mingesaning transferi bosh murabbiy Mikel Artetaning tashabbusi hisoblanadi, u ispaniyalik futbolchini hozirgi himoya chizig'i bilan raqobatlashish uchun ideal variant deb biladi.

Mingesa joriy mavsum "Selta" safida 38 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 6 ta golli pas uzatdi. Transfermarkt uning trnasfer qiymatini 18 million evroga baholamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Mirror