

"Men uni Aleks Fergyuson bilan ko'p solishtirishayotganini ko'rdim. Shuni ayta olamanki, Fergyuson – tarixdagi eng buyuk murabbiy, ammo Pep o'z avlodining eng zo'ri va bu borada undan ancha oldinda.
Odamlar Gvardiolaning bir klubga 10 yil davomida sodiq qolgani haqida gapirishmoqda, bu albatta ajoyib. Lekin Fergyuson ushbu klubga 26 yilini bag'ishlagan. Agar bu muddat haqida jiddiyroq o'ylab ko'rsangiz, bir jamoada 26 yil ishlash – shunchaki hayratlanarli ko'rsatkich.
Ser Aleks "Manchester Yunayted"ga kelgan paytda vaziyat butunlay boshqacha edi. U klubni ingliz futbolida qaytadan kuchli jamoaga aylantirish uchun deyarli noldan boshlab poydevor qo'yishiga to'g'ri kelgan. Pepda esa bunday ehtiyoj bo'lmagan.
Biroq, Gvardiolaning mutlaq dominantlik borasida erishgan natijalari... Bu borada hech qanday savol bo'lishi mumkin emas", - dedi Runi.



