

Bu "kanonirlar" uchun so'nggi 22 yildagi ilk chempionlikdir.
"Biz yana tarix yaratdik. Bunga birgalikda erishdik. Men bu klubga aloqador barcha uchun juda baxtli va faxrlanaman. Keling, bu lahzaning zavqini olaylik", - dedi Arteta "Arsenal"ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida e'lon qilingan videorolikda.
"Arsenal" 82 ochko to'plab, Angliya chempioni bo'ldi. "Manchester Siti" 37 o'yindan keyin 78 ochko bilan 2-o'rinda. Xosep Gvardiola jamoasi chempionlik imkoniyatni qo'ldan boy berdi.



