Gvardiola mavsum yakunlari haqida fikr bildirdi

20 may 2026, 07:27
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola mavsumning dastlabki yakunlarini chiqardi.

"Yanvar oyidan boshlab biz haqiqatan ham juda yaxshi o'ynadik. Bizda ko'p jarohatlar bo'ldi va ko'plab vaziyatlar bizning nazoratimizdan tashqarida edi. Bu mavsumda biz ko'p narsalarni o'rgandik. G'alaba qozonish uchun nima qilish kerakligini tushundik. Ko'p miqdorda ochko to'plash va ustunlikka ega bo'lish kerak, aks holda nazorat qilib bo'lmaydigan holatlar yuzaga keladi.

Biz ko'p og'ir damlarni boshdan kechirdik va bir marta ham taslim bo'lmadik. Shuning uchun ham hozir shu yerdamiz", - dedi Gvardiola klubning rasmiy saytiga.

So'nggi tur oldidan "shaharliklar" 78 ochko bilan turnir jadvalida 2-o'rinda bormoqda. "Arsenal" 82 ochko bilan 1-o'rinni egalladi. London klubi Angliya chempioni bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com