APL. "Manchester Siti" "Bornmut"ni yuta olmadi, "Arsenal" – chempion!

20 may 2026, 01:25
"To'pchilar" 22 yildan so'ng yana APL chempioni bo'ldi!

“Bornmut” - “Manchester Siti” 1:1

Gollar: 39 - Eli Krupi, 90+5 - Erling Holand

“Bornmut”: 1. Jorje Petrovich, 15. Adam Smit, 23. Jeyms Xill, 5. Markos Senesi (4. Lyuis Kuk, 90’), 3. Adrien Tryuffer, 8. Aleks Skott, 37. Rayan (7. Devid Bruks, 84’), 16. Markus Taverner, 12. Tayler Adams, 9. Evanilson (26. Enes Unal, 90’), 22. Eli Krupi (19. Jastin Klyuyvert, 76’).

Zaxira: 29. Xristos Mandas, 18. Bafode Diakite, 27. Aleks Tot, 11. Ben Douk, 21. Amin Adli.

“Manchester Siti”: 25. Janluiji Donnarumma, 27. Mateus Nunesh, 15. Mark Gexi, 45. Abduqodir Husanov, 33. Niko O'Rayli, 42. Antuan Semeno (26. Savio, 56’), 20. Bernardu Silva (10. Rayan Sherki, 56’), 11. Jeremi Doku (7. Omar Marmush, 76’), 8. Mateo Kovachich (47. Fil Foden, 56’), 16. Rodri, 9. Erling Holand.

Zaxira: 1. Jeyms Trafford, 3. Ruben Diash, 5. Jon Stounz, 24. Yoshko Gvardiol, 4. Teyani Reynders.

Ogohlantirishlar: 37 - Tayler Adams, 59 - Jeyms Xill, 90+3 - Jastin Klyuyvert, 90+3 - Rodri, 90+6 - Adrien Tryuffer

🕘 90+7. O'yin yakunlandi. “ARSENAL” – CHEMPION!

90+6. Savino oldinga yurish qildi, pas berdi, biroq yakuniy zarba muvaffaqiyatli bo'lmadi…

90+5. Xo'sh, “Siti”ning kuchi etadimi yana?

gettyimages-2277163984-2048x2048.jpg

⚽️ 90+5. GOL! Holand hisobni tenglashtirdi!

90+4. Marmush jarima zarbasidan to'pni darvozaga yo'lladi, biroq “jonli devor”dan o'tmadi.

90+2. So'nggi daqiqalarda ikki jamoa futbolchilari bahslashib ketishdi.

90. O'yinning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi.

90. Bruks… Sal qolsa hozirning o'zidayoq “Arsenal”ni chempion qilib qo'yar edi! Darvoza ustuniga bunga qarshilik qildi!

89. Yana zarba mezbonlardan: Evanilson tepgan to'p noaniq ketdi.

89. Bruks jarima maydonchasi ichidan zarba berdi, Donnarumma qaytardi!

81. So'nggi dekada boshlandi, chempionlik masalasi hal bo'lishga yaqin…

77. “Shaharliklar” bosim qilishyapti, katta kuch bilan oldinga o'tgan, hujumlar xavflilashmoqda.

74. Sherkining zarbasi rekoshetga uchrab, maydonni tark etdi.

73. Yaxshi vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi, biroq yakuniy zarba berilmadi “Bornmut” darvozasi tomon…

70. “Bornmut”da hujumlar ko'paymoqda, “Arsenal”ni esa chempionlikdan 20 daqiqadan ko'proq vaqt ajratib turibdi.

63. Rodridan kuchli zarba, biroq noaniq ketdi.

62. Rayanning darvozaga yaqin masofadan yo'llagan zarbasi darvoza ustuniga tegib, to'p maydondan chiqib ketdi.

61. Yana hujum mezbonlardan, bu safar yakuniy zarbni Krupi yo'lladi, biroq noaniq.

🔄 56. “Man Siti” biryo'la uchta o'zgarishni amalga oshirdi.

52. Yana Tryufferning uzatmasi va bu safar zarbani Evanilson berdi, Donnarummadan seyv!

51. “Siti” yaxshi boshlagandi bo'limni, biroz sustlashmoqda jamoa.

46. Holand oldinga yurish qilib O'Rayliga uzatdi to'pni, uning zarbasini darvozabon qaytardi!

🕛 46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

🕘 45+2. Dastlabki bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

41. Krupi! Sal qolsa dubl qayd etishi mumkin edi…

gettyimages-2277152702-2048x2048.jpg

⚽️ 39. GOL! Krupi hisobni ochdi! Tryuffer chapdan oldinga yurish qilib to'pni Eliga uzatdi, uning zarbasi esa aniq bo'ldi!

38. Oxirgi daqiqalarda hujum ko'rmadik aytarli, bahs asosan maydon markazida kechmoqda.

28. “Bornmut” jarima maydonchasi ichida xavfli vaziyat, yakuniy zarbani Holand berdi, ammo darvozaga kirmadi to'p.

27. Dokuning zarbasi darvozaga aniq bormadi, to'p raqib futbolchisiga tegib maydonni tark etdi.

23. Birinchi bo'limning yarmi qiziq o'tdi, kurashlarga boy, tempi yuqoridan past o'yin guvohi bo'ldik.

15. Qanday qilib? Tavernerning ajoyib uzatmasini Evanilson bo'sh qolgan darvozaga aniq yo'llay olmadi…

14. Abduqodir Husanovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi.

12. GOL! Semenoning zarbasi aniq bo'ldi, biroq bu vaziyatda offsayd bo'lgan ekan.

5. Dokuning erlatib bergan zarbasini darvozabon qaytardi.

2. Mezbonlar dastlabki daqiqalardan faol, jamoa hujum uyushtirmoqda.

🕛 1. O'yin boshlandi.

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni APLning 37-turidan o'rin olgan bahs - “Bornmut” - “Manchester Siti” uchrashuvining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia