

Bugun "Manchester Siti" APLning moliyaviy qoidalari bilan bog'liq deyarli barcha ayblovlar bo'yicha aybdor deb topilgani ma'lum bo'ldi. Klub faqat bitta ayblov bo'yicha oqlangan.
Eslatib o'tamiz, 2023 yil fevral oyida APL "Manchester Siti"ni 2009–2018 yillar oralig'ida moliyaviy qoidalarni 115 marta buzganlikda ayblagan edi. Keyinchalik The Times nashri ayblovlar soni aslida 130 ta ekanini ma'lum qilgan.
Ferdinand ijtimoiy tarmoqda: "APLning yana bir medali shkafimdan joy oladi 👀", - deb yozdi.
Shundan so'ng u hazilomuz tarzda: "Yana biri Joze Mourinyu uchun. Va Ole Sulsher uchun ham", - deya qo'shimcha qildi.
Ferdinandning fikriga ko'ra, "Manchester Siti"ga nisbatan chiqarilgan qaror avvalgi mavsumlardagi chempionliklar taqdiriga ham ta’sir qilishi mumkinligini ishora qilgan.



