Skoulz Xenderson haqida: "35–37 yoshda kamchiliklar tezda ko'rinadi. Futbol endi yoshlarga tayanmoqda"

25 sen 2026, 20:17
"Manchester Yunayted" sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz "Chelsi" bosh murabbiyi Xabi Alonso 36 yoshli Jordan Xendersonni "Brentford"ga qarshi APL o'yinida (0:3) asosiy tarkibda maydonga tushirganini tanqid qildi.

"Denni Uelbek - u ajoyib futbolchi - va Jordan Xenderson birga o'ynashini ko'rganimda, “Ular uchun bundan yomonroq raqibni topish qiyin”, deb o'yladim. Chunki “Brentford” aqlbovar qilmas darajada yuqori energiya bilan o'ynaydi" - dedi Skoulz.

Sobiq futbolchi Xendersonni faqat 45 daqiqaga etadigan futbolchi deb hisoblash mumkinmi, degan savolga ham javob berdi.

"Ehtimol, hatto undan ham kamroq. Balki so'nggi 20–25 daqiqa, agar gap Angliya Liga kubogi o'yinlari haqida ketmayotgan bo'lsa.

Biz o'zimiz ham bunday holatdan o'tganmiz. 35, 36, 37 yoshga kelganingizda, kerakli darajadan ancha uzoqda bo'lasiz. Albatta, o'yin jarayonini tajriba yordamida boshqarish mumkin, ammo bugungi futbol, ayniqsa hozirgi davrda, yoshlar o'yiniga aylangan. Shuning uchun kamchiliklaringiz maydonda darhol ko'rinadi", - dedi u.

Skoulz Xendersonning APLda asosiy tarkibda maydonga tushishini kutmaganini ta'kidladi.

"Uning Premer-ligada asosiy tarkibda o'ynashini hech kutmagandim. Yoshingiz qancha bo'lishidan yoki o'zingizga qanchalik yaxshi qarashingizdan qati nazar, bu yoshda Premer-ligada o'ynash, ayniqsa hozirgi futbolda, juda yuqori jismoniy tayyorgarlikni talab qiladi.

Faqat tajribaga tayanib bo'lmaydi. Kamchiliklaringiz darhol ko'zga tashlanadi. Uning o'zi ham “Balkim, asosiy tarkibda tushishim kerak emas edi”, deb o'ylayotgan bo'lishi mumkin", - deya qo'shimcha qildi Skoulz.

Sobiq futbolchi 36 yoshida "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda xuddi shunday vaziyatga tushganini ham esladi. Uning so'zlariga ko'ra, o'sha bahsda hatto to'pga bir marta ham tegmagan va bunday o'yin uning imkoniyatlaridan tashqari ekanini tushungan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Metro