"Manchester Yunayted" Yaponiya terma jamoasi yarim himoyachisiga qiziqmoqda - TEAMtalk

18 apr 2026, 09:40
"Manchester Yunayted" Yaponiya milliy jamoasi va "Lids Yunayted"ning markaziy yarim himoyachisi Ao Tanakaga qiziqish bildirayotgan klublar qatoriga kirdi.

Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, "tovuslar" 27 yoshli futbolchining transferi uchun taxminan 17 million evro so'rashi mumkin. Tanakaning o'zi kelgusi yozda klubni almashtirishga tayyor. Yaponiyalik yarim himoyachi uchun kurashda "Manchester Yunayted"ga "Nyukasl Yunayted" va "Everton" raqobatchi bo'lishi mumkin.

Joriy mavsumda Tanaka barcha turnirlarda 26 o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi. O'yinchi bilan shartnoma 2028 yil yozigacha tuzilgan. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 10 million evro.

Yaponiya milliy jamoasida Tanaka 37 o'yin o'tkazgan.


Manba: TEAMtalk