“Barselona” vice-prezidenti: “Adolat qaror topib, Yamal “Oltin to'p”ni oladi deb umid qilaman”

Sherzod Nurmatov
14 sen 2026, 18:20
“Barselona” vice-prezidenti Rafael Yuste kataloniyaliklar vingeri Lamin Yamal bu yil “Oltin to'p”ni qo'lga kiritishi kerak deb hisoblaydi.
2.jpg

“U butun dunyo yoshlariga cheksiz umid va ilhom bag'ishlayotgan yosh yigit. Uning bu yoshdagi daholigi shunchaki aql bovar qilmas darajada, juda ko'p yillardan beri u kabi o'yinchini ko'rmaganman. Shu sababli adolat qaror topishiga va u o'zi to'la loyiq bo'lgan ushbu “Oltin to'p”ni olishiga ishonaman hamda umid qilaman.

Butun dunyodagi juda ko'plab bolalar va qizlarga, shuningdek, futbolni sevuvchi barchamizga shunchalik cheksiz quvonch ulashayotganining o'zi uchun ham u bunga loyiq”, – deya Yustening so'zlarini keltirdi “Mundo Deportivo”.

26 oktyabr kuni Londonda “France Football” talqini bo'yicha dunyoning eng yaxshi futbolchisiga sovrinni topshirish marosimi bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Espana