Yilning eng yaxshi darvozaboni sovriniga da'vogar Mendi Senegal terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Sherzod Nurmatov
14 sen 2026, 16:48
“France Football” talqini bo'yicha 2026 yilning eng yaxshi darvozaboni sovriniga nomzod qilib ko'rsatilgan Eduar Mendi ijtimoiy tarmoqlar orqali Senegal terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini ma'lum qildi.

Milliy terma jamoa safida Mendi 2022 yilda Afrika Millatlari Kubogi sohibiga aylangan, shuningdek, 2022 va 2026 yilgi Jahon chempionatlarida ishtirok etgan edi.

AQSH, Kanada va Meksikada bo'lib o'tgan so'nggi JCHda Norvegiyaga qarshi guruh bosqichi o'yinida (2:3) jarohat olgan Mendi senegallik futbolchilarda tibbiy sug'urta yo'qligi sababli mustaqil ravishda tibbiy ko'rikdan o'tishga majbur bo'lgandi.

Klublar miqyosida Mendi Londonning “Chelsi” jamoasi bilan birga Chempionlar Ligasi, Klublar o'rtasidagi JCH hamda UEFA Superkubogi g'olibi bo'lgan. Shuningdek, Saudiya Arabistonining “Al Ahli” jamoasi tarkibida ikki marta Osiyo Chempionlar Ligasida g'alaba qozongan.

2021 yilda Mendi FIFA talqiniga ko'ra yilning eng yaxshi darvozaboni deb topilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com