

"Old Trafford" stadionida kechgan o'yinni bosh hakam Maykl Oliver boshqarib bordi.
"Meni boshim qotib qoldi. Hozir o'yinlarda hamma narsa kuzatib boriladi. Bunday qarorlar uchun bizda ko'plab ekranlar joylashgan alohida xonalar bor. Agar o'yinlarda epizodlar aynan shunday talqin qilinsa, bu xavotirli holat. Agar hozir vaziyatlarga shunchaki aralashmaslik odat tusiga kirgan bo'lsa, bu meni tashvishga soladi. Bu tushunarsiz va tushkunlikka tushiradigan izoh.
Bu qaror mavsum taqdirini o'zgartirib yuubormaydi, biroq u o'yinga sezilarli ta’sir ko'rsatdi. Bu bizga bog'liq emasdi. Biz faqat xavfli vaziyatlar yaratishimiz va gol urishimiz kerak. Bizda ham shunday vaziyatlar bo'ldi. Tabiiyki, bularning bahsi o'z qo'limizda, ammo bu kabi lahzalar o'yinga ta’sir qiladi.
Biz bu o'yinda ko'p narsani to'g'ri qildik, o'yinga yaxshi kirishdik. Harakatlarimiz xavfli chiqdi. Ushbu uchrashuvdan ijobiy jihatlarni chiqarib olamiz va olg'a qadam tashlaymiz, ammo bunga engil-elpi qaramaymiz. Jamoamiz yanada ko'proq vaziyatlar yaratishi mumkin edi. Bu bizning ikkinchi mag'lubiyatimiz, lekin bizda yaxshi jamoa bor, biz albatta g'alabalarga qaytamiz", - dedi Kerrik Sky Sports nashriga tayanib BBC muxbiriga.



