

Eslatib o'tamiz, Xoland gol urgan vaziyatda Enco Fernandes ofsaydda turgandi va u to'p uchun intildi, ammo to'pga tegmadi. Bosh hakam bu golda hammasi “toza” deb hisobladi.
"Enco Fernandes o'yinga ta’sir qilmadi, deb qanday aytish mumkinligi aqlimga sig'maydi. Bu shunchaki hayratlanarli... Buning bunday talqin qilinishi men uchun juda ham g'alati. Men buni ko'rganimda ham tushuna olmagandim, berilgan tushuntirish esa vaziyatni yanada yomonlashtirdi", - dedi "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Sky nashriga.



