Mareska: "MYU bilan o'yinda futbolchilarimizning xarakteri yuqori darajada bo'ldi"

14 sen 2026, 08:55
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Enco Mareska Angliya Premer-ligasining 4-turidan o'rin olgan "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yindagi (1:0) g'alaba haqida o'z fikrlarini bildirdi.

"G'alabaga bo'lgan reakciyammi? Bu bir kishi kam bo'lib derbida qozonilgan g'alabadan keyingi his-hayajonlardir. Jamoangizda maydonda bor-yo'g'i 10 kishi qolganida g'alaba qozonish har doim yoqimli, ammo derbi - bu hamma uchun alohida ahamiyatga ega bahs. Men juda xursand bo'ldim, bu tabiiy reakciya.

Qizil kartochkadan so'ng rejamiz butunlay o'zgardi. Futbolchilarimizning jamoaviy ruhi va xarakteri yuqori darajada bo'ldi. Fil Fodenga ko'rsatilgan qizil kartochka asosli deb hisoblayman, ammo Brunu Fernandesh ham shunga loyiq edi.

Biz birorta ham qarshi hujumni o'tkazib yubormadik va ortimizda bo'sh hudud qoldirmadik. Bunday o'yinlar hamma uchun: muxlislar, murabbiy va butun klub uchun alohida ahamiyatga ega, ammo men faqat o'zim haqimda o'ylamayman. Xayolimda butun jamoa va ushbu ajoyib uch ochko", - dedi Mareskaning so'zlarini BBC nashri.

O'xshash yangiliklar


Manba: BBC