Jamoasi mazmunli o'yin ko'rsatgan murabbiy, maydon markazidan gol urgan xavbek. Proligada 19-turning eng yaxshilari aniqlandi

Sherzod Nurmatov
14 sen 2026, 19:22
2 sentyabr kuni, shuningdek, 11-13 sentyabr sanalarida O'zbekiston Proligasida 19-turdan o'rin olgan 7 ta o'yin bo'lib o'tdi.

Championat.asia sayti turning eng yaxshilarini aniqladi.

Tur murabbiyi - Ilyos Qurbonov (“Metallurg”)

Ma'lum sabablarga ko'ra, “Olimpik-MobiUz” va “Metallurg” o'rtasidagi bahs qolgan o'yinlarga nisbatan ancha erta, 2 sentyabr kuni o'tkazildi. Unda “Metallurg” 3:2 hisobida zafar quchdi. Ilyos Qurbonov shogirdlari ishonchli o'yin ko'rsatdi va munosib ravishda g'alabani o'ziniki qildi. Championat.asia xodimlari aynan Qurbonovni eng yaxshi murabbiy deya etirof etdi.

Pro liga eng yaxshi murabbiy kopiya (13).jpg

Tur futbolchisi - Marko Milichkovich (“Metallurg”)

“Metallurg”ning chernogoriyalik yarim himoyachisi Marko Milichkovich“Olimpik-MobiUz” bilan to'qnashuvda shunchaki yayradi va xet-trikni rasmiylashtirib, jamoasining g'alabasini taminladi (3:2). Shu tariqa, ortiqcha muhokamalarsiz Milichkovich tur futbolchisi sifatida qayd etildi.

Pro liga eng yaxshi futbolchi kopiya (12).jpg

Tur darvozaboni - Mirzohid Jalilov (“Yaypan”)

“Yaypan” bu turda safarda “G'azalkent” bilan to'qnash kelib, darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi (0:0). Bunda jamoa darvozaboni Jalilovning o'rni katta. U bahs mobaynida bir qator vaziyatlarda jamoasi joniga ora kirdi. Ayniqsa, u ikkinchi bo'limdagi seyvlari orqali jamoasi durangga erishishida munosib hissa qo'shdi. Shunday qilib, aynan Jalilov tur darvozaboni bo'ldi.

Pro liga eng yaxshi darvozabon kopiya (12).jpg

Tur goli - Marko Milichkovich (“Metallurg”)

Yuqorida takidlanganidek, “Metallurg” xavbeki Marko Milichkovich “Olimpik-MobiUz” bilan uchrashuvni o'z benifisiga aylantirib yubordi. Uning 29-daqiqada maydon markazidan tepgan to'pi darvoza to'ridan joy oldi. Milichkovich darvozabon oldinga chiqib ketganini payqadi va olis masofada bo'lishiga qaramay, to'g'ridan-to'g'ri darvozani nishonga oldi. Shu tariqa, aynan shu gol turdagi eng chiroylisi sifatida etirof qilindi. Quyida mazkur golni tomosha qilishingiz mumkin.

Pro liga eng Tur goli kopiya (13).jpg

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia