“Real” Rodri va Diomande transferi yo'lida kutilmagan muammoga duch keldi

Sherzod Nurmatov
31 iyul 2026, 11:21
Madridning “Real” klubi yangi mavsum oldidan transfer bozorida murakkab vaziyatga tushib qoldi.

COPE nashri tarqatgan ma'lumotga ko'ra, “qaymoqranglilar” rahbariyati “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri va “Leyptsig” vingeri Yan Diomande transferlari ustida ishlashni davom ettirmoqda. Ammo potencial yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish uchun klub avvalo tarkibda joy bo'shatishi kerak.

Hozirgi vaqtda “Real” qaydnomasidagi barcha 25 ta o'rin band va futbolchilar jamoani tark etishga shoshilmayapti. Klubni tark etish niyatida bo'lmaganlardan biri himoyachi Raul Asensiodir. Manbaga ko'ra, ispaniyalik futbolchi boshqa jamoalarning takliflarini ko'rib chiqishni istamayapti va yangi bosh murabbiy Joze Mourinyuning ishonchiga kirmoqchi.

2.jpg

Tarkib bilan bog'liq noaniqliklarga qaramay, “Real” rahbariyati jamoani ikkita yirik transfer bilan kuchaytirish g'oyasidan voz kechgani yo'q. Biroq qaydnomada joy bo'shatilmaguncha, Rodri va Diomande bo'yicha kelishuvlarni yakunlash juda qiyin bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: COPE