

Avvalroq madridlik klub Florentino Peres 30 yoshli ispan yarim himoyachisining transferini maqullaganidan keyin "Manchester Siti" bilan og'zaki muzokaralarni boshlagani xabar qilingan edi. "As" xabariga ko'ra, bitim payshanba, 30 iyul kuniga rejalashtirilgan klublar vakillarining uchrashuvi yakunlariga ko'rayoq yopilishi mumkin. "Real" Rodrini 40-50 million evroga sotib olishga umid qilmoqda.



