

"Real" Rodri transferi ustidagi ishlarda olg'a siljidi. Matteo Morettoning Radio Marca efirida ma'lum qilishicha, madridliklar "Manchester Siti" yarim himoyachisi bilan shartnoma shartlarini to'liq kelishib olishdi. Bu ularga "shaharliklar" bilan muzokaralarda salmoqli vaj berishi kerak. Rodri transferga jiddiy yondashmoqda va allaqachon ispan klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu bilan suhbatlashgan.



