"Real" Rodri uchun qancha to'lashga tayyorligi ma'lum qilindi

30 iyul 2026, 09:35
"Real" "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodrini 40–50 million evro evaziga sotib olmoqchi.

Bu haqda "AS" xabar bermoqda.

Tomonlar 30 yoshli o'yinchining transferini payshanba kuni bo'lib o'tadigan uchrashuvda muhokama qilishadi.

Madrid jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourinyo ispaniyalik futbolchining transferini shaxsan o'zi talab qilgan.

Eslatib o'tamiz, Rodrining "Manchester Siti" bilan shartnomasi 2027 yilning iyunigacha amal qiladi. Kecha futbolchi belidan operaciyani boshdan kechirdi. Tiklanish jarayoni ko'p vaqt olmasligi xabar qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: AS