

"Bu erga kelganimdan beri maqsad shu edi. Bu klub eng yuqori marralar uchun kurashish va raqobatlashish uchun mavjud va Premer-liga ulardan biri edi. Biz bunga erishdik va endi bu bizga Chempionlar Ligasi finalidan oldin katta turtki beradi.
Menimcha, juda-juda yaxshi formadaman. Darvozalarimizni "quruq" saqlashimiz - jamoa uchun sharaf. Men bu rekordga, ketma-ket uchta "Oltin qo'lqop"ga erishganimdan juda xursandman, bu kam sonli posbonlarning qo'lidan kelgan.
Shuning uchun men jamoa sifatida qilgan ishimizdan juda mamnunman. Raqiblarimizga deyarli hech qanday imkoniyat bermagan ko'plab o'yinlar bo'ldi va bu bizga chempionlikni qo'lga kiritishga yordam berdi, bu eng muhimi edi", – dedi 30 yoshli ispaniyalik.
"Arsenal" va PSJ 30 may kuni Chempionlar Ligasi finalida o'ynaydi.



