Alvares “Atletiko”ga ikki klubga o'tishga qarshi emasligini ma'lum qildi

Administrator
26 may 2026, 22:29
Madridliklar hujumchini 150 mln evroga baholamoqda.

Xulian Alvares “Barselona” va PSJda o'ynashni istaydi. Diario Sport nashrining ESPN jurnalisti Martin Arevaloga tayanib xabar berishicha, shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralar chog'ida hujumchi o'z agenti orqali “Atletiko” rahbariyatiga hozirgi jamoasida o'zini qulay his qilayotganini, biroq o'zini qiziqtirgan loyihalarga qo'shilish imkoniyati paydo bo'lsa, rejalarini qayta ko'rib chiqishi mumkinligini aytgan. Gap “Barselona” va PSJ haqida ketmoqda.

Takidlanishicha, madridliklar bosh murabbiyi Diego Simeone odatda o'z o'yinchilarining ketishiga to'sqinlik qilmaydi, shu bois Alvaresga ham xalaqit bermasligi ehtimoli yuqori.

“Atletiko” hujumchi uchun 150 mln evro so'raydi, shuning uchun kelishuvga erishish juda qiyin kechadi. Biroq “Barselona” aynan futbolchining istagi muzokaralarda hal qiluvchi omilga aylanishi mumkin, deb hisoblamoqda. Argentinalik futbolchi Robert Levandovskining asosiy o'rinbosari sifatida ko'rilmoqda.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: ESPN