

- Bugungi o'yin haqida qisqacha o'z fikrlaringiz bilan bo'lishsangiz…
- Assalomu alaykum. "Olimpik MobiUz" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. O'yin juda ham qiziqarli, kurashlar ostida o'tdi. Bolalar juda ham yaxshi o'yin o'tkazishdi. O'zimizning rejamiz asosida o'yin olib bordik. Bizda bo'lgan payt nazorat qildik, to'pni yo'qotgandan keyin yaxshi himoyalana oldik. Endi futbol: birinchi bo'limni yaxshi o'tkazdik, hisobda oldinda edik, imkoniyatlarimiz bo'layotgan edi. Qizil kartochkagacha, o'sha qizil olganimizgacha rejalarimiz o'xshayotgan edi. Kamchilik bo'lib qoldik. "Olimpik MobiUz" - yaxshi shakllangan jamoa, yosh bolalar, terma jamoada o'ynaydigan bolalar. Bundoq jamoa bilan bir kishi kam bo'lib o'ynash juda ham qiyin. Bu o'z ta’sirini o'tkazdi. Lekin bolalar tashlab qo'yishmadi, bizda ham imkoniyat bor edi. O'ylaymanki, biz mag'lubiyatga loyiq emasdik.
- Garchi birinchi bo'limda gol o'tkazib yuborilmagan bo'lsa ham, o'ng qanot himoyasida bo'shliqlar juda katta edi. Ikkinchi taymda gol o'tkazib yuborilgan vaziyatlarda ham o'ng qanot himoyasi oqsadi…
- Endi bilasizmi, menimcha, o'sha qanotdagi "Olimpik MobiUz" o'yinchilari yaxshiroq edi deb o'ylayman. O'shaning evaziga himoyachilarimiz hujum qilgan payt qayerdadir ulgurmagandir. Umuman olganda, bolalar to'psiz yaxshi harakat qilishdi. Imkoniyatlar bo'ldi. Bizda ham imkoniyat bo'ldi, ularda ham imkoniyat bo'ldi. Gollar o'zi xatolar evaziga uriladi, qayerdadir xato qildik va gol o'tkazib yubordik.
- Hozir Proliganing ayrim jamoalarida moliyaviy muammolar yuzaga kelyapti. “BuxDU”da bu borada vaziyat qanday, safar uchrashuvlariga borish-kelish masalalarida muammolar yo'qmi?
- Bizda moliyaviy tomonlama muammo yo'q, hammasi joyida.



