"Liverpul"ning asosiy futbolchisi yozda tekinga ketadi, tomonlar shartnoma borasida kelisha olishmadi - Djeykobs

29 may 2026, 08:45
"Liverpul" himoyachisi Ibraima Konate ingliz klubini erkin agent maqomida tark etadi.

Insayder Ben Djeykobsning X ijtimoiy tarmog'ida xabar berishicha, aprel oyida futbolchi kelishuv yakunlanish arafasida ekanligini aytgan bo'lsa-da, "Liverpul" va Konate bir qarorga kela olishmagan.

Konate 2021 yilning yozidan buyon "Liverpul" sharafini himoya qilib kelmoqda. U ingliz klubiga Germaniyaning "RB Leyptsig" jamoasidan o'tgan edi. OAV ma'lumotlariga ko'ra, transfer summasi 40 mln evroni tashkil qilgan.

2025/2026 yilgi mavsumda himoyachi mersisaydliklar tarkibida barcha turnirlarda 51 ta o'yinda maydonga tushdi. U o'z hisobiga ikkita gol yozdirib qo'ydi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com