"Tottenxem" "Liverpul" futbolchisi bilan kelishuvga erishdi

Sherzod Nurmatov
25 may 2026, 19:25
"Liverpul"ning chap qanot himoyachisi Endryu Robertson faoliyatini "Tottenxem"da davom ettiradi.

Jurnalist Ben Jeykobsning xabar berishicha, "shporlar" shotlandiyalik futbolchi bilan ehtimoliy kelishuvga erishgan. 32 yoshli futbolchi Premer-ligada jon saqlab qolsa, London klubiga o'tishga rozi bo'lgan va Roberto De Zerbi jamoasi "Everton"ni mag'lub etib, buni uddaladi.

2.jpg

Endryu Robertsonning "Liverpul" bilan shartnomasi yozda tugaydi, shuning uchun "Tottenxem" uni erkin agent sifatida qo'shib oladi. U 2017 yildan beri mersisaydliklar sharafini himoya qilib keladi va jamoa safida 378 o'yinda maydonga tushgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/JacobsBen