

"Hozir klubga osoyishta yoz kerak. Ular o'tgan yili Ekitikeni sotib olishdi – bilaman, u uzoq vaqtga safdan chiqqan. Isakka haqiqiy salohiyatini ochib berishda yordam kerak, Virtc esa jamoada yana bir yil o'ynasa, o'zini yanada ko'proq ko'rsatadi. Ular yarim himoyada muvozanat topishi va o'ng qanot himoyachisi masalasini hal qilishi kerak.
Ammo klub Arne Slotga shunchaki vaqt berishi kerak, u ishlasin. Bu mavsumda klubda bo'lgan voqealarni, jarohatlar va Diogu Jotaning fojiasini hisobga olsak, bularning barchasi bir yil uchun ko'plik qiladi.
Keling, haqiqatni tan olaylik: Arne Slot ikki mavsumdan birida Premer-ligada g'olib bo'ldi. Bu Yurgen Kloppning shu vaqt ichidagi natijasidan ancha yuqori. Shuning uchun u qolishga va yana bir imkoniyatga ham loyiq. Menimcha klub Arne bilan ishlashda davom etadi", – dedi "Liverpul" sobiq yarim himoyachisi.



