

Ingliz klubi 33 yoshli braziliyalik 2027 yilning yozigacha amal qiladigan shartnoma muddati tugaguniga qadar jamoada o'ynashini istaydi.
Avvalroq OAVda Turin klubi Alissonga yiliga 5 million evrolik maosh bilan 3 yillik shartnoma taklif qilishga tayyorligi aytilgandi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 17 million evroga baholamoqda.
Alisson 2018 yildan beri "Liverpul"da o'ynab kelmoqda. Posbon 2025/26 yilgi mavsum barcha turnirlarda 35 o'yinda maydonga tushib, ulardan 13 tasida darvozasini daxlsiz saqlagan va 37 ta gol o'tkazib yuborgan edi.



