

Bu haqda La Repubblica nashri xabar bermoqda.
Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, italiyalik mutaxassis, shuningdek, "Liverpul"dan ketgan qanot himoyachisi Endryu Robertson xizmatlariga ham qiziqish bildirmoqda. Bundan tashqari, "Yuventus" mersisaydliklar darvozaboni Alison Bekerni ham sotib olishni xohlaydi.
Spalletti o'z vaqtida "Roma"da birga ishlagan Saloh bilan yana hamkorlik qilishni istamoqda. Murabbiy misrlik futbolchining qaroriga, jumladan, Alison orqali ham ta’sir ko'rsatishi mumkinligi aytilmoqda.
Saloh 2015 yildan 2017 yilgacha "Roma" sharafini himoya qilgan. Spalletti esa "bo'rilar"ni 2005–2009 va 2016–2017 yillarda boshqargan.



