
Ishtirokchilar Universitet ligasi yoki Ochiq ligada o'z kuchlarini sinab ko'rishlari, mamlakat chempioni unvoni uchun kurashishlari hamda Germaniyaga, "RB Leyptsig" futbol klubiga tashrif buyurish imkoniyatini qo'lga kiritishlari mumkin. Ishtirokchilarni ro'yxatdan o'tkazish loyiha sayti orqali amalga oshiriladi.
Red Bull Wings Cup - EA SPORTS FC™ 27 o'yini bo'yicha o'tkaziladigan yangi xalqaro turnir bo'lib, O'zbekistonni ham qo'shib hisoblaganda, dunyoning qariyb 80 ta mamlakatidan o'yinchilarni birlashtiradi. Musobaqa EA SPORTS va PlayStation hamkorligida tashkil etilmoqda. Unda havaskorlardan tortib tajribali o'yinchilargacha bo'lgan turli darajadagi ishtirokchilar qatnashishi mumkin. O'zbekistonda musobaqada mamlakat rezidenti bo'lgan 18 yoshdan oshgan barcha xohlovchilar ishtirok etishlari mumkin.

O'zbekistonda musobaqa ikki liga doirasida o'tkaziladi:
Universitet ligasi - oliy talim muassasalari talabalari uchun mo'ljallangan. Ishtirokchilar
Playstation® 5 konsollarida EA SPORTS FC™ 27 o'yinining Rush rejimida universitetlar o'rtasida tashkil etiladigan saralash bosqichlarida bellashadilar. Saralash o'yinlari yakunlariga ko'ra, eng kuchli 4 nafar ishtirokchi aniqlanib, ular milliy final bosqichiga yo'l oladi. O'z universitetingizdagi saralash bosqichlari sanalarini bilish va ro'yxatdan o'tish uchun loyiha saytiga tashrif buyuring.
Ochiq liga - saralash musobaqalari hamkor Pinger.Pro platformasida onlayn tarzda, Playstation® 5 konsollarida EA SPORTS FC™ 27 o'yinining Ultimate Team rejimida o'tkaziladi.
Ishtirok etish uchun hamkor platformada yoki loyihaning rasmiy saytida ro'yxatdan o'tish mumkin. Ochiq liganing saralash bosqichlari 31 oktabr – 1 noyabr hamda 7–8 noyabr kunlari bo'lib o'tadi. 15 noyabr kuni esa mag'lub bo'lgan ishtirokchilar musobaqani tark etadigan pley-off o'yinlari o'tkaziladi. Ularning natijalariga ko'ra, milliy finalga yo'l oladigan 4 nafar ishtirokchi aniqlanadi.
29 noyabr kuni har ikki liga doirasida saralangan 8 nafar eng kuchli o'yinchi Red Bull Wings Cup milliy finalida uchrashib, O'zbekiston chempioni unvoni uchun kurashadi. Bosh sovrin - Germaniyaga safar va "RB Leyptsig" futbol klubiga tashrif. Bu Yevropa futbolining betakror muhitini his qilish, professional jamoa hayotining sahna orti bilan tanishish va Red Bull olamining bir qismiga aylanish uchun noyob imkoniyatdir.