Deku Lautaroning agenti bilan uchrashdi. "Inter" hujumchisi "Barsa" uchun Alvaresga muqobil variant

Aslanov Jasurbek
12 avg 2026, 12:07
"Barselona" sport direktori Deku allaqachon "Inter" hujumchisi Lautaro Martinesning agenti bilan uchrashdi.

Kataloniyaliklar "Atletiko" hujumchisi Xulian Alvaresning transferi borasida kelishuvga erishib bo'lmagan taqdirda muqobil variantlarni o'rganib chiqmoqda. Jijantes xabariga ko'ra, Deku Argentina terma jamoasining 28 yoshli futbolchisining kelajagini muhokama qilish uchun o'tgan hafta Alexandro Kampano bilan uchrashdi. Martines 2018/19 yilgi mavsumdan buyon "neradzurri" safida to'p surmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Jijantes