

"Qasam ichib aytaman, bu gol tushimga kirgandi. Men Aleksisga gol urishimni aytgandim. Unga aytgandim. Zaxira o'rindig'ida Medinaga maydonga tushib, o'yin taqdirini hal qilishimni aytgandim. Va buni uddaladim.
Enco ham ajoyib gol urdi va endi, hayajonlar bosilganidan keyin shuni ayta olamanki, bu jamoa nimalarga qodirligini ko'rsatishda davom etmoqda. Angliya charchab qoldi. Ular 60 daqiqa davomida pressing qilishdi. Shundan so'ng ularda hech qanday kuch qolmadi… Keyin ular orqaga chekinishdi va bu bizga to'p nazorati borasida ko'proq xotirjamlik berdi. Biz keng hujumlar tashkil etdik va yakunda ikkita gol urdik. Mana, oradan uch yarim yil o'tib, biz yana jahon chempionati finalida o'ynaydigan bo'ldik", - deya Martinesning so'zlarini keltiradi FIFA rasmiy sayti.



