Lautaro Martines jarohat sabab bir necha haftani o'tkazib yuboradi

Sherzod Nurmatov
19 okt 2026, 12:50
"Inter" hujumchisi Lautaro Martines chap oyog'idagi mushak shikastlanishi tufayli bir necha hafta maydonga tusha olmaydi.

Bu haqda “La Gazzetta dello Sport” ma'lum qildi.

Manbaga ko'ra, 29 yoshli argentinalik futbolchi Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi doirasidagi "Bryugge"ga qarshi uchrashuvda (3:4) jarohat olgan.

Hujumchi faqat noyabr oyining oxiriga kelib safga qaytishi kutilmoqda - uning maydonga qaytishi mumkin bo'lgan ehtimoliy bellashuv sifatida 22 noyabr kungi "Atalanta"ga qarshi safar o'yini ko'rsatilmoqda.

Martines 2026/27 yilgi mavsum 7 ta uchrashuvda 6 ta gol urdi va 1 ta golli pas uzatdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif