Messining Argentina termasidagi kelajagi ma'lum

21 iyul 2026, 08:30
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi milliy jamoadagi ishtirokini yakunlash bo'yicha qarorga keldi.

Bu haqda jurnalist Ernan Kastilo X ijtimoiy tarmog'ida xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotiga ko'ra, futbolchi JCH-2026 finali oldidan kiyinish xonasida ta’sirli nutq so'zlagan va ushbu uchrashuv u uchun "albiseleste" safidagi oxirgi o'yin bo'lishini e'lon qilgan.

Eslatib o'tamiz, Argentina terma jamoasi turnirning hal qiluvchi bahsida Ispaniyaga qo'shimcha vaqtda 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Yakuniga etgan jahon chempionatida Messi 8 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Mundial davomida Lionel milliy jamoalarning eng nufuzli musobaqasida 20 talik gollar marrasini zabt etgan ilk futbolchiga aylandi, shuningdek, musobaqa tarixida eng yaxshi assistent va eng ko'p o'yin o'tkazgan rekordchiga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com