De la Fuente JCH-2026 finalidan so'ng Skaloni bilan bo'lib o'tgan suhbati tafsilotlarini ochiqladi

21 iyul 2026, 10:50
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente JCH-2026 finalidan so'ng Argentina milliy jamoasi ustozi Lionel Skaloni bilan bo'lib o'tgan suhbati tafsilotlarini so'zlab berdi.

Yevropa terma jamoasi ushbu uchrashuvda 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

"Biz bir-birimizni quchoqladik, minnatdorchilik bildirdik va men bu imkoniyatdan foydalanib, menga o'rgatgan barcha narsalari uchun, futbol haqidagi suhbatlarimiz uchun unga minnatdorchilik bildirdim.

U menga bu yerda bo'lish kanchalik qiyinligini, bunday darajada raqobatlashish qanchalik murakkabligini tushuntirib berdi. Bu menga juda yordam berdi", - deya de la Fuentening so'zlarini "TyC Sports" keltiradi.

Ispaniya terma jamoasi o'z tarixida ikkinchi bor jahon chempioni bo'ldi. Argentina kumush medallar bilan qoldi. Janubiy Amerika jamoasi uch karra jahon chempioni hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: TyC Sports