JCH finalida maydondan chetlatilgan Enco Fernandes ijtimoiy tarmoqlarda muxlislarga murojaat qildi

21 iyul 2026, 09:55
2026 yilgi jahon chempionatining Ispaniyaga qarshi kechgan final uchrashuvida (0:1) qizil kartochka olgan Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Enco Fernandes ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida muxlislarga murojaat yo'lladi.

"Vaqt o'tishi bilan shuni tushunasanki, shunchaki natijadan ko'ra ancha muhimroq narsalar bor. Ko'p yillar davomida bu jamao mamlakatimizni eng yaxshi tarzda taqdim etib keldi. U turnir shunchaki g'alabadan iborat emasligini, balki terma jamoa libosi uchun bor kuchingni berish va hech qachon taslim bo'lmaslik ekanligini o'rgatadi.

Har doim oyoqqa tura olgan, oxirigacha kurashgan va ushbu ranglarni faxr, kamtarlik hamda sadoqat bilan himoya qilgan ushbu jamoaning bir qismi bo'lish - men har doim qadrlaydigan narsadir. Men barcha argentinalik muxlislarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Har bir o'yinda bizni qo'llab-quvvatlaganingiz uchun, mehringiz, shartsiz daldangiz uchun va dunyoning qaysi burchida bo'lmaylik, o'zimizni uydagidek his qilishimizga sababchi bo'lganingiz uchun rahmat.

Mamlakatim terma jamoasi libosini kiyish - faoliyatimdagi eng buyuk sharafdir va mendan bu libosni himoya qilishni so'rashganida, har safar bor kuchimni berishda davom etaman", - deyiladi Fernandesning postida.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com