Niko Uilyams JCH oltin medalini onasiga sovg'a qildi

Sherzod Nurmatov
21 iyul 2026, 14:30
Ispaniya terma jamoasi qo'shimcha vaqtda Argentinani 1:0 hisobida mag'lub etdi va o'z tarixida ikkinchi bor jahon chempioniga aylandi.

Ispaniya terma jamoasi g'alabasidan so'ng bayramning eng ta’sirli lahzalaridan biri vinger Niko Uilyamsning harakati bo'ldi.

“Atletik” futbolchisi ikkinchi bo'limda maydonga tushdi va qo'shimcha vaqtda hal qiluvchi golni urgan Ferran Torresga golli uzatmani amalga oshirdi.

3.jpg

O'yindan so'ng Uilyams tribunada turgan onasi Mariya Arturga yaqinlashib, unga jahon chempionining oltin medalini topshirdi.

Keyinchalik Niko nima uchun mukofotni aynan onasiga berishga qaror qilganini tushuntirib berdi:

“Men tezkorman, ammo onamdan tezroq emasman. U o'limdan qochib, Sahroi Kabir sahrosini kesib o'tib, Ganadan Ispaniyagacha yetib kelgan. Men chempionlik medalini unga berdim, chunki u bunga mendan ko'ra ko'proq loyiqdir”.

1993 yilda Uilyamsning oilasi yaxshiroq hayot izlab Ganani tark etgan, yo'lning bir qismini Sahroi Kabir orqali bosib o'tib, keyinchalik Ispaniyaga joylashgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Vanguardia