Vinisius kosmetik operaciya qildirdi

Sherzod Nurmatov
21 iyul 2026, 14:58
Braziliya terma jamoasi va "Real" vingeri Vinisius Junior kosmetik operaciya o'tkazish uchun klinikaga murojaat qildi.

Futbolchi JCH-2026’dagi ishtirokini yakunlaganidan so'ng dahan qismini garmonizaciya qildirdi.

Bu muolaja haqida TMC nashri xabar bermoqda. Manba ma'lumotlariga ko'ra, amaliyot Goyaniyadagi klinikalardan birida amalga oshirilgan. Futbolchi milliy terma jamoa ixtiyorini tark etib, Virjiniya bilan birga Yevropaga uchib ketishdan oldin ushbu korrekciyaga borgan.

2.jpg

Braziliya terma jamoasi JCHda o'z kurashini 1/8 final bosqichida to'xtatdi. Hal qiluvchi o'yinda Karlo Anchelotti shogirdlari Norvegiyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

Vinisius guruh bosqichidagi 3 uchrashuvda 4 ta gol urdi va to'purarlar ro'yxatida Kilian Mbappe hamda Erling Holand bilan birgalikda ikkinchi o'rinni bo'lishib oldi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TMC