Joau Kanselu: "Krishtianu Ronaldu - bizning sardor va milliy terma jamoaning timsoli"

Sherzod Nurmatov
5 okt 2026, 17:15
Portugaliya milliy terma jamoasi himoyachisi Joau Kanselu jamoa qarorgohini muddatidan oldin tark etgan hujumchi Krishtianu Ronaldu haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"U tarixdagi eng yaxshisi. Uning Portugaliya uchun qanday ahamiyatga ega ekani va bu mamlakatga nimalar berganini hamma biladi. Hammasi, albatta, eng yaxshi tarzda yakun topishiga ishonaman. Barchamiz vaziyat sokinlik bilan va Krishtianu loyiq bo'lgan hurmat ko'rsatilgan holda echilishini istaymiz. U bizning sardor va milliy terma jamoaning timsolidir", – deya 32 yoshli futbolchining so'zlarini keltirdi Fabricio Romano.

41 yoshli Ronaldu Millatlar Ligasi guruh bosqichi 3-turi doirasidagi Daniyaga qarshi bahs (3:2) oldidan terma jamoa ixtiyorini tark etgandi. Avvalroq bosh murabbiy Jorje Jezush Norvegiyaga qarshi uchrashuvda (2:1) hujumchini maydonga tushirmaslikka qaror qilgandi, vaholanki, OAV ma'lumotlariga ko'ra, murabbiy va futbolchi o'rtasida Ronaldu 30 daqiqa harakat qilishi bo'yicha kelishuv mavjud bo'lgan.

Shu bilan birga, "A Bola" nashri bergan xabarga ko'ra, Jezush noyabr oyida bo'lib o'tadigan Millatlar Ligasi bahslariga Ronalduni chaqirish niyatida.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano