

"Biz shu 2 hafta ichida milliy terma jamoaning juda ko'p futbolchilarini sinovdan o'tkazdik. Har biri nimalarga qodir ekanini ko'rsatdi. Har biri o'z o'rniga loyiqligini isbotladi. Odamlar biz haqimizda nimalar deganini eslang - nima qo'limizdan kelishi, nima qo'limizdan kelmasligi haqida. Biz odamlar aytganidan ham bazi narsalarni yaxshiroq bajara olishimizni ko'rsatib qo'ydik. Eshiklar barcha uchun ochiq. Keng ochiq.
Men natijadan juda mamnunman, chunki biz qaysi nuqtadan boshlaganimizni yaxshi bilaman. Men jamoadan juda, juda, juda hayratdaman. Aslini olganda, hafsalam pir bo'lgan emas, aksincha, ijobiy manoda hayratda qoldim. Biz shunday birinchi bo'lim o'tkaza olishimizga avval ishonmagan bo'lardim. Yigitlar aql bovar qilmas o'yin namoyish etishdi - yaratilgan vaziyatlarni golga aylantira olmaganimiz va raqib jarima maydoni oldida qulayroq turgan sherigimizni payqamay qolganimizni hisobga olmaganda, barcha jihatdan oliy daraja bo'ldi.
Taxminan 60-daqiqaga kelib biroz barqarorlikni yo'qotdik, shu sababli harakatlarimizda aniqlik kamaydi. Ammo biz atigi 3 kun avval o'ynagan edik - kuchli Gretsiya terma jamoasiga qarshi barcha 90 daqiqa davomida bunday tempni ushlab turish juda og'ir. Kontrpressingimiz vaqtning 90 foizida ajoyib tarzda ishladi. Muammo shundaki, u ish bermay qolgan 10 foizlik vaziyatlarda biroz xavfli holatlar yuzaga kelishi mumkin", – dedi germaniyalik murabbiy.
Germaniya terma jamoasi (4 ta o'yindan so'ng 5 ochko) Millatlar Ligasi "A" divizioni 2-guruhi jadvalida 3-o'rinda bormoqda. 13 noyabr kuni ular safarda Serbiya terma jamoasi bilan kuch sinashadi.



