

25 sentyabr kuni mustaqil komissiya "Manchester Siti"ni APLning moliyaviy qoidalarini buzganlik bo'yicha qo'yilgan 115 ta ayblovning 114 tasida aybdor deb topdi. Shu bilan birga, aniq jazo choralari hozircha tasdiqlanmagan. Klub apellyaciya berishi kutilmoqda.
"O'ylaymanki, "Manchester Siti" juda qattiq jazolanishi kerak. Nazarimda, ularni quyi ligaga tushirib yuborish lozim. Va, darvoqe, buni hamma bilardi. Hamma bilardi.
2022 yilning yozida pul ishlab topganini ma'lum qilgan yagona klublar "Lids" va "Manchester Siti" bo'lgan edi. Biz haqiqatan ham ishlab topgandik, chunki Rafinyani sotdik, Kelvin Fillipsni ["Siti"ga] sotdik. Yangi xaridlarimizdan keyin ham bizda ancha pul qolgandi. O'sha paytda moliyaviy jihatdan tejab qolmaslikka haqqimiz yo'q edi. Egalarimizning cho'ntaklari tubsiz emasdi. "Manchester Siti" shunday deganda esa, men tom manoda: "Ustimizdan kulyapsizlarmi? Bu qandaydir hazilmi?" deb o'yladim.
Ular Erling Holandni 52 million funtga sotib oldik deyishganda, bu xuddi: "Ha, albatta!" degandek gap edi. Shu sababli u yerda nomuvofiqliklar borligini tushunardim, ammo nima ham qila olarding? Shunchaki qo'lingni yozib: "Futbol shunaqa", deysan", – dedi Marsh.



