Joau Kanselu: "O'zbekiston klublariga qarshi maydonga tushganman va bu mamlakatda futbol rivojlanayotganidan xabardorman"

Оқил Абдубарноев
23 iyun 2026, 12:13
Portugaliya terma jamoasi himoyachisi Joau Kanselu jahon chempionati 2-turidan o'rin olgan O'zbekistonga qarshi o'yin haqida fikr bildirdi.

"Hali O'zbekistonning o'yinlarini to'liq ko'rib chiqishga ulgurmadik. Ammo ular Kongo DRdan butunlay farq qiladi. Kongo DR jismoniy jihatdan kuchli edi, O'zbekiston esa juda tartibli va oldinda tezkor futbolchilarga ega jamoa. Men "Al Hilol"da o'ynagan kezlarim o'zbek klublariga qarshi maydonga tushganman va bu mamlakatda futbol rivojlanib borayotganidan xabardorman. Ertaga qiyin o'yin bo'ladi", dedi 32 yoshli futbolchi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Record