Koreya himoyachisi: "Muxlislar kutgan o'yinni ko'rsata olmayotganimiz bor gap"

Sherzod Nurmatov
5 okt 2026, 15:55
Koreya Respublikasi terma jamoasi himoyachisi Kim Te Xyon O'zbekistonga qarshi o'rtoqlik o'yini oldidan jamoadagi holat va Kim Min Jening "hamma bor kuchi bilan yugurishi kerak" degan etiroziga munosabat bildirdi.

"Muxlislar kutgan o'yinni ko'rsata olmayotganimiz bor gap. Min Je yetakchi sifatida kuyinib talab qilyapti, lekin hamma ham darhol 100 foizlik o'yin ko'rsatib ketolmaydi. Yangi murabbiy keldi, taktika 3 talik himoyadan 4 talikka o'zgardi. Ayniqsa, himoyada bunchalik tez til topishib ketish mushkul. Bahonadek eshitilmasin-u, futbolchilarga bir-birini tushunib olish uchun vaqt kerak", – dedi himoyachi.

Ma'lumot uchun, tanqidlar ostida qolgan Roberto Moreno jamoasi 6 oktyabr kuni O'zbekiston terma jamoasi bilan kuch sinashadi. Mazkur bahsda sport formasi joyida bo'lmagan Kim Min Je o'rniga Kim Te Xyon asosiy tarkibda tushishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Koreya – O'zbekiston bellashuvi ertaga, 6 oktyabr kuni 16:00 da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Best Eleven