

Bu haqda “A Bola” xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 41 yoshli futbolchi murabbiyning qaroridan allaqachon xabardor. Jezush Ronalduning milliy jamoadagi faoliyatini davom ettirishi kerak deb hisoblaydi. Shu bilan birga, terma jamoadagi faoliyatini yakunlash masalasida qarorni o'yinchining o'zi qabul qilishi lozim.
Ronaldu Millatlar Ligasi 3-turi doirasidagi Daniyaga qarshi bahs (4:2) oldidan Portugaliya terma jamoasi ixtiyorini tark etgandi. Hujumchi o'z qarorining sabablari haqida keyinroq gapirib berishini ma'lum qilgan. Bundan oldin u Norvegiyaga qarshi uchrashuvda (2:1) maydonga tushmagandi.
Kelgusi haftada federatsiya vakillari Ronaldu bilan uchrashuv o'tkazib, uning bosh murabbiy Jorje Jezush bilan munosabatlarini tartibga solishga harakat qilishlari kerak.
4 turdan so'ng Portugaliya 12 ochko jamg'arib, muddatidan oldin Millatlar Ligasining chorak finaliga yo'l oldi. Noyabr oyida jamoa Daniya va Uels terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.



