

Ispaniyaning "Diario SPORT" nashri ma'lumotiga ko'ra, Kataloniya klubi 32 yoshli himoyachini sotib olish bo'yicha Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi bilan kelishuvni yaqin kunlarda yopadi. Futbolchining transferi tovon puli summasi taxminan 10 million evroni tashkil etadi.
Kanseluning o'zi "ko'k-anorranglilar" bilan ikki yillik shartnomani kelishib bo'lgan. Portugaliyalik futbolchi transfer oynasi boshidanoq o'z ustuvorligini aniq belgilab olgan edi: u "Kamp Nou"ga qaytishni istadi va faoliyatini davom ettirishning muqobil variantlarini rad etdi.



