Kanselu rasman “Barselona”ga o'tdi

Sherzod Nurmatov
20 avg 2026, 18:46
Portugaliyalik himoyachi Joau Kanselu erkin agent maqomida "Barselona"ga qo'shildi.

32 yoshli futbolchining so'nggi klubi Saudiya Arabistonining “Al Hilol” jamoasi bo'lgandi. U ushbu klub bilan shartnomasini bekor qildi va maoshining bir qismidan voz kechdi.

3.jpg

Kanselu “Barselona” bilan 3 yillik shartnoma imzoladi.

Eslatib o'tamiz, u 2023 yildan 2024 yilgacha Kataloniya jamoasi safida ijara asosida to'p tepgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbarcelona.com