Virc Gretsiya bilan durang haqida: "Germaniya terma jamoasi o'yindan mamnun bo'lsa arziydi, ijobiy jihatlar ko'p bo'ldi"

Sherzod Nurmatov
5 okt 2026, 15:30
Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Florian Virc Millatlar Ligasi guruh bosqichi 4-turi doirasida Gretsiya bilan bo'lib o'tgan uchrashuvdagi durang (0:0) haqida fikr bildirdi.

"Biz anchagina bosim o'tkazdik, biroq baribir gol ura olmadik. Bu alamli, albatta. Umuman olganda, o'z o'yinimizdan mamnun bo'lsak arziydi, ijobiy jihatlar ko'p bo'ldi. Birgalikda shug'ullanayotganimizga endigina bir hafta bo'lganini ham unutmaslik kerak. G'alaba qozonishni istagandik, ammo o'xshamagani barchasi yomon degani emas", – dedi Virc.

Germaniya 5 ochko bilan "A" ligasi 2-guruhida uchinchi o'rinni egallab turibdi. Keyingi bahsda, 13 noyabr kuni nemislar safarda Serbiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 01:45 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: RTL